Home
Viza olish bo’yicha ma’lumot
Talaba vizasiga da’vogarlar uchun hujjatlar ro‘yxati va ko‘rib chiqish mezonlari.
2024.11.15 Konsullik bolimi
KOREYA DAVLATIGA O’QISH YOKI ALMASHUV TALABASI BO’LISHGA TAYORLANAYOTGAN BO’LSANGIZ QUYIDAGI E’LONGA ETIBORLI BO’LISHINGIZNI SORAYMIZ .
Til bilish darajasi
Koreys tilini bilish qobiliyati
Til kurslari: TOPIK 2 daraja, Sejong nomidagi koreys tilini o‘rgatish maktabi tomonidan o‘tkaziladigan imtihondan (SKA) 201ball, Sejong koreys tili kursini tugatganlik haqida sertifikat.
Professional bakalavriat va bakalavriat: TOPIK 3 darajasi, Sejong maktabi imtihoni (SKA) 321 ball, Sejong maktabi koreys tili o‘rta darajasini tugatganlik haqidagi sertifikat. (중급)
*(osonlashtirilgan shartlar) Sanoat fakultetlari: TOPIK 2 yoki undan yuqori, Sejong nomidagi koreys tilini o‘rgatish maktabi tomonidan o‘tkaziladigan imtihondan (SKA) 201ball, Sejong maktabi koreys tili o‘rta darajasini tugatganlik haqidagi sertifikat. (초급 2)
MAGISTRATURA VA UNDAN YUQORI BO’LGAN DARAJALAR UCHUN: TOPIK 4 daraja, Sejong nomidagi koreys tilini o‘rgatish maktabi tomonidan o‘tkaziladigan imtihondan (SKA) 441 ball, Sejong maktabi koreys tili o‘rta darajasini tugatganlik haqidagi sertifikat. (중급 2)
*(osonlashtirilgan shartlar) SAN’AT VA JISMONIY TARBIYA FAKULTETLARI UCHUN: TOPIK 3 daraja, Sejong nomidagi koreys tilini o‘rgatish maktabi tomonidan o‘tkaziladigan imtihondan (SKA) 321 ball, Sejong maktabi koreys tili o‘rta darajasini tugatganlik haqidagi sertifikat (중급 1).
TALABA ALMASHINUVI DASTURI: TOPIK 2 daraja, Sejong nomidagi koreys tilini o‘rgatish maktabi tomonidan o‘tkaziladigan imtihondan (SKA) 201 ball, Sejong koreys tili maktabini tugatganlik haqidagi sertifikat.
(Koreyada o‘qishni davom ettirmaydigan almashinuv dasturi talabalari uchun)
INGILIZ TILINI BILISH DARAJASI: (Ingiliz tilida o‘qishni istaganlar uchun)
IELTS 5,5, CEFR B2, TEPS 601 ball (NEW TEPS 327 ball),TOEFL 530 (CBT 197, IBT 71)
IELTS umumiy ball 5.5; o‘qish (reading) va tinglash (listening) bo‘yicha ball 5,5 dan yuqori bo’lishi kerak. Agar o‘qish va tinglash bo‘yicha 5,5 balldan yuqori ball ololmagan holda, TOPIK imtixonidan 1-daraja, Sejong maktabi boshlang‘ich darajadagi sertifikatni ham topshirish mumkin.
TOEFL iBT ning umumiy balli 71, o’qish (reading), eshitish (listening) 18 balldan oshgan bo’lgan holdagina qabul qilinadi.
Talabaning moliyaviy holati ( talaba nomidagi KDB bank hisobi);
-Professional bakalavriat va bakalavriat : bank hisob raqami 1 oydan ko’p saqlangan holda bo’lishi kerak.
(Poytaxt shaharlar SEOUL,GYEONGGI, INCHEON) uchun 16.000$ yoki mahalliy valyutada 185.000.000 sum dan yuqori .
(Chekka shaharlar 13.000$ , yoki mahalliy valyutada 150.000.000 sum dan yuqori .
Til kursi uchun ( D 4-1) uchun bank hisob raqami 3 oydan ko’p saqlangan holda bo’lishi kerak.
(Poytaxt shaxarlar SEOUL,GYEONGGI, INCHEON) uchun 8.000$ yoki mahalliy valyutada 92.500.000 sum dan yuqori .
Chekka shaharlar 6.500$ , yoki mahalliy valyutada 75.500.000 sum dan yuqori .
Talaba almashinuvi dasturi( D 2-6): bank hisob raqami 1 oydan ko’p saqlangan holda bo’lishi kerak. Bank depozit summasi (D 4-1)bilan bir-xil.
Qisqa muddatli o’qish va o’qish muddati 6oydan kam bo’lgan holatda bank hisob raqami 1oydan kam bo’lmasligi kerak.O’qish uchun tolov , yashash harajatlari( odam boshiga kamida 780$ ( 9.000.000sum) x yashash muddati(oy)
Ota-Onaning Moliyaviy Holati
1 Biznes bilan shug‘ullangan holda
Korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnoma, debet va kredit aylanmasi, korxonaning bank hisob raqami, soliq to‘langalingiga oid hujjatlar.
2 Ota-ona korxona xodimi bo‘lgan holda
Ish joyidan ma’lumotnoma
Mehnat daftarchasi (ish joyidan dalolatnoma) va daromad haqidagi ma’lumotnoma (my.gov.uz portalidan)
3. Qishloq xo‘jaligi kabi boshqa kasblar bilan shug‘ullangan holda
Yer va ko‘chmas mulk daftarchasi (kadastr my.gov.uz portalidan olinishi zarur)
Shaxsiy transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik haqida guvohnoma
Bank hisob raqami faqatgina moliyaviy resurslar mavjudligini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjat sifatida qabul qilinadi. Ish joyidan ma’lumotnoma yoki moliyaviy hujjatlarsiz faqat bank hisob raqami topshirilgan holda, hujjatlar qabul qilinmaydi. (Faqat QR kodli variantda bo‘lgan bank hisob raqamigina qabul qilinadi).
Tekshirish jarayoni
Tilni bilish sertifikatlarisiz hujjatlar topshirilgan holda hech qanday suhbatsiz viza berishda rad etiladi.
Darajasi past bo’lgan Universitetlar uchun TOPIK va Sejong maktabinig sertifikati qabul qilinadi. Sejong ( SKA) sertifikati qabul qilinmaydi.. Talaba nomidagi bank hisob raqamidagi pul 6 oydan ko’p saqlangan bo’lishi kerak .
Yuqori darajali Univerlar uchun (til kursi) moliyaviy hujjatlarni taqdim etishdan ozod etiladi. Faqat til sertifikatlarini taqdim etish kerak
JANUBIY KOREYANING O’ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI